Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Nega doim sement zavodlarining lobbisi yutib çiqaveradi?

Video11-yanvar, 2024, 08:5910 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Nega doim sement zavodlarining lobbisi yutib çiqaveradi? Millat salomatligini öylaydiganlar ham bormi?

“Lolazor” podkastining oxirgi sonida yurtimizda sönggi yillarda bolalab ketgan sement zavodlari va ularning millat soğliğiga zarari haqida gaplaşdik (töliq video bu yerda). Yuqoridagi 8 daqiqalik videodagi asosiy gaplar:

• 2024-yilda sement zavodlari uçun soliqlar 4 baravar kamaytirib berildi, vaholanki, sement zavodlari atrofidagi ekologiya juda ayançli holatga kelib qolgan;

• Antikorrupsiya agentligi rahbariga murojaat qilib, sement zavodlariga soliqni kamaytiriş haqidagi qonunni korrupsiogen ekspertizadan ötkazib berişini söradik;

• şu soliqlarni kamaytiriş taklifini bergan taşkilotlarning amaldorlari (masalan, keça sementçilarni himoya qilib bayonot bergan “Özqurilişmateriallari” rahbarlari) oilasi, turmuş örtoqlari bilan birga sement zavodlari oldida 2 oy yaşab kelsin, şunda nimalar qilayotganini özlari tasavvur qiladi;

• gap sement zavodlarini yopiş haqida emas, ularning qay darajada ekologik talablarga rioya qilayotgani haqida ketyapti. Bizda ekologik nazorat bormi özi? Uşbu zavodlardagi tozalaş inşootlari, filtrlar qay darajada talabga javob berişini kimdir tekşiryaptimi? Şahar şunçalik bedarvozami?

• ekologlarning aytişiça, sement zavodlariga qarşi sudda yutiş ham deyarli befoyda, çunki sud qarori oxirigaça ijro etilmaydi;

• eng qiziği, agar biz sementni özimiz işlab çiqarmasdan, taşqaridan import qilib olib kirsak, aslida arzonroq tuşişi mumkin.

‼️Millat genofondini asraş, bolalar ölimini kamaytiriş, aholi salomatligini muhofaza qiliş haqida qayğuradigan kimdir bölsa, öşalar bizni eşitadi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek