Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Alişer Qodirov: huquq-tartibot xodimlarini obrösizlantiruvçi xabarlar uçun jarima belgilanmoqda

Matn28-noyabr, 2023, 18:401 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDeputatlar içki işlar xodimlarini foto yoki videoga olib, internetda tarqatganlik uçun 15 sutkagaça qamoq jazosini közda tutuvçi qonunni tasdiqladi.

Spiker örinbosari Alişer Qodirovning yozişiça, mana bu qonun nafaqat içki işlar organi xodimiga, balki barça huquqni muhofaza qilivçi organlar xodimiga taalluqli ekan.

Deputatlar qabul qilib, Senatga yuborgan qonunga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimini vazifasini bajarişi bilan boğliq axborotni uni obrösizlantiriş maqsadida, internet tarmoğiga joylaştirgani uçun 50 baravargaça jarima (16 mln 500 ming söm) belgilanmoqda.

Masalan, kimnidir oyoğidan sudrab olib ketayotgan yoki kimnidir kaltaklayotgan xodimning videosini yoxud majlisda qöl ostidagilarini böralab sökayotgan biror pogonli amaldorning audiosini internetga joylaganlarni endi javobgarlikka tortişmoqçi.

“Obrösizlantiriş maqsadida“ degan qismi juda nozik bölib, istagan tomonga talqin qiliş mumkin. Masalan, kimdir “mening maqsadim obrösizlantiriş emas edi, maqsadim jamoatçilik nazorati edi, maqsadim xabar beriş edi, yoki şunçaki layk va prosmotr yiğiş edi” desa nima böladi? Heç narsa. “Seni maqsading aynan obrösizlantiriş edi” deb javobgarlikka tortaverişadi. Xuddi qalbingizga kirib çiqqanday.

Hali buning salbiy aks-sadolari köp narsaga taʼsir qiladi, deb qörqaman…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek