Xalqni ayblaşdan köra, oçiqlikka amal qilsak bölmaydimi?
Xalqni ayblaşdan köra, oçiqlikka amal qilsak bölmaydimi? Haqiqatga qarşi kuraşuvçi qonun haqida
Bugun Senatda yiğiliş bölib ötdi. Organ xodimlarini video va fotoga olib tarqatmaslikka oid qonun böyiça.
Avvalo şunaqa yiğiliş ötgani yaxşi böldi. Taşabbus kimdan çiqqan bölsa ham, katta rahmat. Jamoatçilikda norozilik tuğdirgan şunaqa vaziyatlarga masʼullar oçiq muloqot orqali javob topişi va tuşuntiriş berişi kerak. Yaʼni xalqqa borini körsatiş kerak.
Yiğiliş avvalida yöllarimizda avariyalar va ölimlar soni kattaligi uçun uşbu qonunni qabul qiliş kerak, deb çalğituvçi maʼlumotlar aytildi. Vaholanki, eʼtiroz bildirilayotgan organ xodimlarining foto/videosini internetga joylaşni taqiqlovçi qonunga avariyalar va ölimlarning bir gramm ham aloqasi yöq!
Özi umuman Senatdagi bugungi yiğiliş mazmuni köproq qonunni himoya qiliş, uni töğriligini taʼkidlaş va eng qiziği jurnalist va blogerlarga dakki beriş uçun taşkil qilinganday tuyuldi. Savol bergan jurnalist va bloger borki, deyarli barçasi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisidan dakki eşitib oldi. Savollarga ham aniq dalillar va faktlar bilan batafsil javob qaytarilmadi, uzuq-yuluq gaplar aytiş bilan çeklanildi. Ayrim savollar butunlay javobsiz qoldi.
“Siz tuşunmaysiz, siz bilmaysiz, siz nimalar deyapsiz özi, siz unaqa demang, siz bunaqa demang, bunaqa deyişga haqqingiz yöq” degan gaplar aytildi.
Xullas, ajoyib yiğiliş haqida köp gapirsa böladi, lekin eng muhim joyiga eʼtiboringizni qaratmoqçiman.
Masʼullar va taklif qilingan ekspertlar xalqning aksariyat vakillari Qonunçilik palatasi qabul qilgan bu qonunni öqimasdan, tuşunmasdan tanqid qilayotganini aytib, dakki berişdi, ayniqsa ayrim blogerlarga eʼtiroz bildirişdi. Ayniqsa, yuridik oliygohlardan kelgan professor-öqituvçilar qonunni maʼqullaşda juda faol bölişdi va 90% dan köproq odamni qonunni öqimasdan yozişda ayblaşdi.
Jamoatçilikni tuşunmaslikda, öqimaslikda ayblayotganlarga boşqa savolim bor:
❓Baraka topgurlar, xöp, xalq qonun matnini qayerdan öqisin? Qayerdan körib, tanişsin?
❓Qonunçilik palatasi qabul qilgan qonunlarini eʼlon qiladimi? Yöq!
❓Senat körib çiqayotgan yoki hattoki maʼqullagan qonun matnlarini eʼlon qiladimi? Yöq!
❓Yoki aynan şu qabul qilingan qonun matnini Içki işlar vazirligi eʼlon qildimi? Yöq!
Abdulla Oripov şeʼrida hovuzdagi tilla baliqça şu kölmagini butun dunyo deb bilganidek, jamoatçilikni tuşunmaslikda ayblayotgan hurmatli professorlar ham özi ekspert sifatida qonunni öqib körgani uçun, 36 million özbekistonlikda ham şunaqa imkoniyat bor deb öylayapti. Ammo ming afsuski, unaqa emas. Xalqda bunaqa imkoniyat yöq.
Jamoatçilik toki qonun imzolanib, rasman eʼlon qilinmagunça heç qayerdan qonun matnini topa olişmaydi (bir-ikkita öta ahamiyatli qonunlar bundan mustasno).
Parlament uçun qaçon oçiliş vaqti kelarkin?
Oğzimizni töldirib xalqni ayblaşdan oldin, balki özimiz yetarli axborot berişni boşlarmiz?
‼️P.S.: qonun matnini bugun töliq öqib körişga imkonim böldi (bungaça faqat Qonunçilik palatasi majlisidagi muhokamani körgandim) va yurist hamda axborot sohasi vakili sifatida aytişim mumkinki, uşbu qonunning aynan foto va videoni tarqatişga oid qismi qabul qilinişi juda katta xato böladi. Bu oçiqdan-oçiq haqiqatga qarşi kuraşuvçi qonun böladi, çunki bizda yolğon axborotni jazolovçi qonunlar şundoq ham bor.
👉 @xushnudbek 👈



