Rossiyalik bloger Toşkent teleminorasining eng yuqori qismiga çiqqani haqida video joyladi

Albom15-yanvar, 2024, 15:433 daqiqa0 koʻrish

Rossiyalik “raksmane” taxallusu bilan ijod qiluvçi bloger Toşkent teleminorasining eng yuqori qismiga çiqqani haqida video joylabdi.

Blogerning Instagramʼda yozişiça, teleminoraga kirişda qöriqlaş xizmati xodimlari metallodetektorlar orqali barça elektron uskunalarni olib qöydik deb öylagan, lekin bloger özi bilan yaşirinça tasvirga oluvçi boşqa texnikalarni olib kirişga muvaffaq bölgan.

Bloger teleminora tepasiga çiqa olmasam kerak, deb öylagan, lekin kutilmaganda nazoratsiz koridor orqali qöriqçilar közini şamğalat qilib, faqat texnik xodimlar uçun möljallangan joydan yuqoriga çiqişga muvaffaq bölgan.

Kameralar soni köpligi sababli bloger “hozir oldimga qöriqçilar yetib kelişsa kerak” deb öylagan, ammo u bilan heç kimning işi bölmagan. Şundan söng, u zinalar orqali yuqoriga kötarilgan (xizmat liftini işlatsam, begona odam kirgani bilinib qoladi deb öylagan). Xullas, u yaşiringan holda teleminora tepasiga çiqib, syomka qilib qaytişni uddalagan. Blogerning aytişiça, videoni eʼlon qilgaç, teleminora maʼmuriyati videoni öçirişni sörabdi.

Men şunçaki qoyil qoldim, xorijdan kelgan bir inson şunça qöriqçilar va kameralar böla turib, qattiq himoyalanadigan strategik binolardan birining eng tepasiga çiqişni uddalabdi. Qöriqlaşni yirtib qöyişar ekan, barakalla!

Agar şu işni biror özbekistonlik qilganda bormi…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek