Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev ŞHT sammitida mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikka doir muhim taşabbuslarni ilgari surdi

Albom1-sentabr, 2025, 14:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Tyanszin şahridagi ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi majlisida Şavkat Mirziyoyev taşkilotning siyosiy asoslarini mustahkamlaş, mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiriş, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar bermoqda.

Jumladan:

— ŞHT institutlari samaradorligini oşiriş va uni Global Janub davlatlari hisobiga kengaytiriş;

— Yadro xavfsizligi böyiça deklaratsiya qabul qiliş, Içki işlar vazirlari kengaşi faoliyatini qayta tiklaş, 2030-yilgaça giyohvandlikka qarşi kuraş dasturini tayyorlaş, «ŞHT–Afğoniston» muloqot guruhi faoliyatini faollaştiriş;

— Savdoni soddalaştiriş tartib-taomillari töğrisidagi bitimni imzolaş, Strategik materiallar böyiça mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, Vençur kompaniyalar va jamğarmalar tarmoği hamda Maxsus elektron investitsiya portalini taşkil etiş;

— Şimol–Janub va Şarq–Ğarb yönalişlarida transport-tranzit yölaklarini rivojlantiriş, «ŞHT yagona transport makoni»ni şakllantiriş va uni «Bir makon, bir yöl» taşabbusi bilan uyğunlaştiriş;

— Iqlim özgarişiga moslaşiş, dekarbonizatsiya va ekologik xavf-xatarlarni başorat qiliş uçun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan ŞHT mintaqaviy platformasini işga tuşiriş;

— Xalq ijodiyoti xalqaro festivalini ötkaziş, «ŞHT universiteti» onlayn kampusini taşkil etiş, talabalar va yoş mutaxassislar örtasida tanlov hamda olimpiadalar ötkaziş, şuningdek, «Sayyohlik yölagi» va “Tibbiyot turizmi alyansi” loyihalarini amalga oşiriş.

Sammitning muhim yakunlaridan biri sifatida ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi asosida Toşkent şahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ — ŞHTga aʼzo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markazini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi. Uning huzurida ŞHT Axborot xavfsizligi markazi ham tuziladi. Uşbu qaror xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek