Organ xodimlarining videosini montaj qilib tarqatişni taqiqlovçi qonun qabul qilindi
Bahsli qonun ayrim özgarişlar bilan baribir qabul qilindi: organ xodimlarining videosini montaj qilib tarqatiş taqiqlanmoqda
Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarini video yoki fotoga olib internetga qöymaslikka oid qonun jiddiy bahslarga sabab bölganidan xabaringiz bölsa kerak.
Uşbu qonun jamoatçilik eʼtirozlaridan söng, qayta işlangan holda qabul qilindi hamda maʼqullandi.
Avvalgi qonun matnidagi "yolğon va noaniq maʼlumot" degan sözlari çiqarib taşlandi. Yangi tahrirdagi qonun quyidagiça:
huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto yoki videotasvirni ularni obrösizlantirişga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik, şu jumladan internetda tarqatganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Yaʼni organ xodimlarini foto, video tasvirga tuşiriş va tasvirlarni tarqatiş mumkin, bunga taqiq yöq. Ammo video yoki fotolarni ularni obrösizlantirişga olib keladigan tarzda buzib tarqatmaslik, yaʼni xodimning harakatlari, sözlari va yuz bergan holatni buzmaslik, şu maqsadda montaj qilmaslik talab etilmoqda.
Mazkur huquqbuzarlik uçun jazo ham oldingisidan özgartirilgan. Avvalgisida jarima miqdori BHMning 50 barobari sifatida qatʼiy belgilangan edi, yangisida jarima miqdori 20 baravardan 50 baravargaça etib belgilandi. Avvalgisida 15 sutka maʼmuriy qamoq qatʼiy belgilangandi. Yangisida esa 10 sutkagaça qisqartirildi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Şaxsiy fikrim: qonunni biroz yumşatişibdi, fuqarolarning böyniga tuzoq böladigan ayrim joylarini olib taşlaşibdi, jamoatçilik eʼtirozlarni inobatga olişibdi. Ammo baribir qonunning mohiyati özgarmagan. Aslida uşbu moddani butunlay çiqarib taşlaş eng töğrisi bölar edi. Lekin qonun taşabbuskorlari prinsipial ravişda orqaga qaytişni xohlaşmadi, şekilli. "Biz bitta gapiramiz, aytdikmi, baribir qilamiz", degandek.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

