Senatda çang bosib yotgan kerakli, ammo xato qonun haqida
Senatda çang bosib yotgan kerakli, ammo xato qonun haqida
Eng qiziği, biz bor narsani ham eplab oxiriga yetkaza olmaymiz. Butun boşli Konstitutsiyaga qarşi iş qilayotgan bölsak ham, tomoşabin bölib turaveramiz.
Masalan, ötgan yili haydovçilar uçun jarima ballari tizimini joriy etişga oid qonun loyihasi işlab çiqilgan edi. Aslida bu tizim 2022-yil 1-dekabrda işga tuşişi kerak edi, bu haqda Prezident qarorida aytilgandi. Lekin 1 yarim yildan buyon qaror talabini bajarişmayapti. 2023-yil noyabr oyiga kelib, bu haqdagi qonun Parlamentda körib çiqilişni boşladi.
Ming afsuski, mana şu yaxşi qonunni ham boşiga yetişdi. Eng avvalo ayrim mansabdorlar qonunning içiga umuman mazmunan mos kelmaydigan Konstitutsiyaga zid bitta moddani qöşib yuborişgan. Yaʼni organ xodimini video va fototasvirga olib, Internetga joylaş mumkin emas, degan qoidani tiqişgan. Vaholanki, bu qoida Konstitutsiyadagi axborot oliş va tarqatiş hamda söz erkinligiga zid. Içki işlar vazirligi qilganmi buni yoki boşqa taşkilotning buyurtmasi bölganmi, maʼlum qilinmadi.
Eng qiziği uşbu qonun uçun namuna olindi deb aytilgan Fransiyadagi qonunni Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bekor qiliş haqida qaror çiqargan, çunki bu fransuzlarda ham Konstitutsiyaga zid deb topilgan.
Ming afsuski, Parlamentimizdagi deputatlar uşbu yaxşi maqsaddagi qonunni mana şu rasvo moddasi bilan birga qöşib qabul qilişdi. Bu haqiqiy şarmandalik böldi. Birorta deputat savol ham bermagan, içiga kirib örganmagan bölsa ham kerak.
Va bu qonun Senatga kelganda, xayriyatki, töxtab qoldi. Senatorlarda vijdon uyğonib ketdimi yoki jamoatçilik bosimidan keyin töxtatiş haqida topşiriq böldimi, Xudo biladi. Ham quvonarli, ham qayğuli xabar şuki, mazkur qonun haligaça Senatda turibdi.
Quvonarlisi — organ xodimini tasvirga olib tarqatiş mumkinmasligi haqidagi ahmoqona modda kuçga kirib ketmadi. Hali umid bor, demak, tuşunadigan va aqlli insonlar bu qonunni ötkazdirmay turişibdi.
Qayğulisi — töxtab qolgan qonun tufayli suv va havodek kerak bölgan jarima ballari tizimi ham kuçga kirmayapti. Qonunni rad qilib, orqaga qaytariş uçun senatorlarda jurʼat va kuç yetişmayapti. Mana şu joyiga kelganda qörqoqlik qilişmoqda. Va eng qiziği, bu jurʼatsizlik Konstitutsiyaga zid kelmoqda. Sababi Konstitutsiya böyiça Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senat tomonidan 60 kun içida yoki maʼqullanişi, yoki rad etilişi kerak edi. Bu muddat fevral oyining boşidayoq tugab bölgan. Oradan 5 oy vaqt ötdi, lekin haligaça yangilik yöq.
Konstitutsiyaning buzilayotganini hamma körib turibdi, lekin heç kim indamayapti.
Oçiği men bu qonun böyiça köp ham bosim qilişni xohlamayotgan edim, çunki bizda şunaqa bosim bölsa, "tezda tasdiqlavoraylik" deb qolişlari mumkin va haligi ahmoqona modda ham kuçga kirib ketişi heç gap emas.
Lekin köp kuta olmaymiz ham. Har kuni yöllarimizda bolalar ölyapti axir.
👉 @xushnudbek 👈

