Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Ğayrikonstitutsiyaviy qonun rad etildi, ammo hali quvonişga erta

Video16-avgust, 2024, 11:574 daqiqa0 koʻrish

Ğayrikonstitutsiyaviy qonun rad etildi, ammo hali quvonişga erta

Bugun Senatning Yalpi majlisida huquq-tartibot organlari xodimlarini foto va videoga olib, «obrösizlantiriş maqsadida» tarqatganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Qonun endilikda parlament palatalarining kelişuv komissiyasi tomonidan qayta körib çiqiladi.

Konstitutsiyada belgilangan muddatdan 8 oyga keçikib körilgan uşbu qonun rad etilganidan juda xursandman. Bu jamoatçilikning umumiy ğalabasi.

Senatorlarga ham alohida rahmat!

Ammo hali mutlaq quvonişga erta, deb hisoblayman. Çunki Senatning Qömita raisi öz maʼruzasida 195-2-moddasining faqat tahririda xatolik bor, uşbu moddani qayta körib çiqiş kerak, deb aytdi. Yaʼni Senat ham uşbu moddani butunlay çiqarib taşlaşni ilgari surmayapti.

Katta ehtimol bilan, qonunning uşbu moddasini "kosmetik" taʼmirlab, "va" degan sözni "bilan"ga almaştirib, Ali Xöja va Xöja Ali tarzida yana qayta kiritişlari ham mumkin. Rad etildimi, rad etildi. Qayta körildimi, qayta körildi, deyişadi keyinçalik.

‼️Ammo uşbu modda heç qanaqa tahrirda ham yaşaşga haqli emas! Bu modda butunlay çiqarib taşlanişi va umuman körib çiqilmasligi şart va zarur!

Bunga asoslarni avval ham köp bora tuşuntirganmiz. Agar qaysidir fuqaro boşqa bir şaxsni, u xoh organ xodimi böladimi, xoh oddiy inson böladimi, farqi yöq, obrösizlantiradigan yolğon, tuhmat va haqoratli foto va videoni internetga joylasa, şundoq ham jazo çoralari mavjud. Velosipedni qayta ixtiro qilib, organ xodimlari uçun alohida dublikat modda joriy qiliş na aqlga siğadi, na mantiqqa töğri keladi.

Umid qilamanki, Parlament qöşma komissiyasi uşbu qonunni qayta işlaş jarayonini oçiq va şaffof olib boradi, jamoatçilik vakillari va mutaxassislarining ham fikrini örganadi, imi-jimida, xöjakoʼrsinga iş qilmaydi.

Va yana bir bora 195-2-moddani butunlay çiqarib taşlaşni iltimos qilaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek