Vanihoyat alifbo islohoti yakuniy pallaga kirmoqda
Vanihoyat alifbo islohoti yakuniy pallaga kirmoqda
Bugun jadidlarga oid konferensiyada Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva alifbodagi ayrim özgarişlarni joriy etişimiz va şu bilan alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qöyişimiz zarur, deya taʼkidladi.
Meni ança yildan buyon kuzatadiganlar yaxşi biladi — men lotin yozuviga asoslangan alifbomizni isloh qiliş tarafdoriman, bu haqda avval ham köp yozganman.
Albatta, 1995-yilda Turkiyaga bölgan adovatimiz tufayli tuppa-tuzuk alifbomizni özgartiriş maqsadida yöl qöyilgan xatoni töğrilaşga ança keçikdik. Lekin heçdan köra, keç yaxşi. Zamonaviy texnologiyalarga özbek tilini integratsiya qiliş jarayonidagi apostrof bilan boğliq muammolardan hozir qutilmasak, keyin ança keç böladi, orqada qolib ketaveramiz.
❌ AYRIM DAʼVOLAR — AFSONA
Eng avvalo alifbo islohoti muhokamasida köpçilik aytadigan afsonalar haqida gaplaşsak:
1️⃣ Birinçidan, bizda alifbo almaşmayapti!
Alifbomiz öşa-öşa turibdi va yana turadi, Xudo xohlasa. “Alifbo almaşsa, xalq savodsiz böladi” deganlarning fikri töğri, ammo bizda alifbo almaşayotgani yöq va bizga bu taalluqli emas.
1929-yilda arabçadan lotinga, 1940-yilda lotindan kirillga ötkazilganda haqiqatdan xalq maʼlum körinişda savodsizlaşgan. Lekin bu yerda bir yozuvdan mutlaqo boşqa yozuvga ötiş haqida gap ketmoqda.
Bizda hozir alifbo va yozuv almaşmaydi. Hattoki jiddiy özgartirilmaydi ham. Alifbodagi ayrim harflarning (minimum 2 ta, maksimum 4 ta) şakli biroz, yana qaytaraman, birozgina özgartiriladi.
Masalan:
Ö => Õ õ
Ğ => Ğ ğ
Bu şakllar barçaga taniş, şundoq ham yozma husnixatda şu kabi şakllardan foydalanamiz.
Şunga köra, “alifbo islohoti xalqni savodsiz qiladi” degan balandparvoz daʼvolar şunçaki afsona xolos!
2️⃣ Ikkinçidan, alifbo islohoti uçun vahimali darajada katta mablağ ketmaydi, barça darslik va kitoblarni qayta çop etişga hojat yöq, barça pasportlar ham almaştirilmaydi, hozirgi pullar ham öz kuçida qolaveradi va h.k.
Mana bu postimda bu haqda batafsil aytganman:
https://t.me/xushnudbek/21379
Alifbo islohotiga qarşi qatlam doim iqtisodiy tomonini ham söroq ostiga oladi va kitoblar, pasport, hujjatlar, pul banknotalari, köçadagi belgilar va boşqa joydagi yozuvlarni birdaniga almaştirib çiqiş katta xarajat talab etişini aytişadi. Ha, töğri, bularning barçasini bittada almaştiriş katta mablağ talab etadi. Ammo bittada almaştiriş şartmi özi?
Masalan, hozir kirill va lotin yozuvidagi pullar, kitoblar amalda bölib turibdi, bu kimgadir xalaqit beryaptimi? Yoki sovet davrida berilgan tuğilganlik guvohnomalarini kimdir tan olmayaptimi?
Alifbo islohoti tabiiy jarayonda amalga oşişi kerak. Darsliklar ham, pasportlar ham, yöl belgilari ham öz vaqti-soati kelganda almaşadi. Ungaça hozirgisi kuçida bölaveradi.
Masalan, Ötkir ismli yurtdoşimizning pasporti 2028-yilgaça kuçga ega bölsa, öşa 2028-yildagina pasportini almaştiradi. Ungaça heç kim pasportingda isming xato, almaştir demaydi. Tamom, vassalom.
Xullas, alifbo islohotida maʼlum bir xarajatlar bölişi tabiiy, ammo ayrimlar vahima qilganidek köp xarajat bölmaydi, aqlli çora-tadbirlar bilan öta minimal darajaga tuşiriladi.
***
Nima bölsa ham, alifbo islohoti masalasiga yakuniy, qatʼiy yakun yasaş vaqti keldi. Va öşa qatʼiy, aqlli, puxta öylangan qaror tez orada qabul qilinadi, deb umid qilaman.
👉 @xushnudbek 👈

