Alifbo islohoti haqida — 4 ta harfning yangi şakli loyihasi eʼlon qilindi
Alifbo islohoti haqida — 4 ta harfning yangi şakli loyihasi eʼlon qilindi
5-iyul kuni Şavkat Mirziyoyev toşkentlik saylovçilar bilan saylovoldi uçraşuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatçiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillaştiriş böyiça işlarni yakuniga yetkazişimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.
Bugun Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida bölib ötgan respublika ilmiy-nazariy konferensiyada işçi guruhning xulosalari eʼlon qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Taklif sifatida Işçi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillaştirilgan alifbo loyihasi işlab çiqildi.
Bunda quyidagi 4 ta harf şaklini biroz özgartiriş taklif etilmoqda:
Ö => Õ õ
Ğ => Ğ ğ
Ç => C c
Ş => Ş ş
Boşqa heç qanday jiddiy özgariş yöq.
Umuman olganda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş lozimligini ançadan buyon taʼkidlab kelamiz. Bir neça marta bunga urinişlar böldi, ammo oxirigaça jurʼat va qatʼiyat yetişmadi.
Alifbodagi ayrim kamçiliklar uni amaliyotga tölaqonli tatbiq etişga tösqinlik qilmoqda, texnologik muammolar keltirib çiqarmoda.
Hozirgi loyiha uşbu muammolarni bartaraf etadi. Va asosiysi taklif etilayotgan variant XALQNI SAVODSIZ QILMAYDI, yaʼni özgariş sababli odamlar harflarni tanimay qolmaydi, 4 ta harf qatnaşgan yozuvni bemalol, heç bir muammosiz öqişda va yozişda davom etaveradi.
Endi asosiysi mana şu variantni yakdillik bilan qöllab-quvvatlaş va işni huquqiy tomondan oxirigaça yetkaziş kerak. Na uyoqli, na buyoqli bölib, arosatda yuriş faqat va faqat tilimizga zarar keltiradi.
Şaxsan men uşbu taklifni töliq qöllab-quvvatlaşimni bildiraman.
👉 @xushnudbek 👈

