Sport

Umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasidagi «Zakovat» musobaqasi ğoliblari aniqlandi

Albom5-may, 2026, 19:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🏆 Umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasidagi “Zakovat” musobaqasi ğoliblari aniqlandi

Respublikamiz böylab 60 mingga yaqin öquvçini hamda 8 mingdan oşiq maktablarni qamrab olgan musobaqaning hal qiluvçi öyini bölib ötdi.

Tuman (şahar) va hududiy bosqiçlardan ötib kelgan eng sara 42 ta maktab jamoasi örtasida ötkazilgan respublika bosqiçida quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni egalladi:

🥇 1-örin: Iştixon tumanidagi 48-sonli maktab;
🥈 2-örin: Namangan şahridagi 1-sonli maktab-internati;
🥉 3-örin: Qöşköpir tumanidagi 1-sonli maktab-internati.

💵 Ğolib jamoalarning har bir aʼzosiga bir öquv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi tölab boriladi.

Şuningdek, ularning har biriga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovğa qilindi.

🎓Endilikda uşbu jamoalar aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek