Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Maktablar örtasida «Zakovat» intellektual öyinining yakuniy Respublika bosqiçi bölib ötmoqda

Albom9-oktabr, 2022, 14:173 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Maktablar örtasida “Zakovat” intellektual öyinining yakuniy Respublika bosqiçi bölib ötmoqda

Unda har bir hududdan 3 ta (har bir jamoada 7 nafardan iştirokçi), jami 42 ta jamoa ğoliblik uçun bellaşmoqda. Uşbu jamoalar dastlab tuman (şahar) bosqiçida, keyin Qoraqalpoğiston, Toşkent şahri va viloyatlar bosqiçida ğolib bölişgan.

Endi navbat Respublikada eng yaxşisi bölişga!

Prezident qaroriga asosan, bugungi turnir sovrindorlari bölgan öquvçilarga bir yil davomida quyidagi miqdordagi har oylik “Zakovat” stipendiyasi beriladi:

🥇1-örin: BHMning 5 baravari (1,5 mln söm, yil davomida jami 18 mln söm);
🥈2-örin: BHMning 4 baravari (1,2 mln söm, yil davomida jami 14,4 mln söm);
🥉3-örin: BHMning 3 baravari (900 ming söm, yil davomida jami 10,8 mln söm).

🎓 Şuningdek, 1-3-örinlarni olgan 21 nafar öquvçi OTMlarga tölov-kontrakt asosida imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinadi.

Şuningdek, “Zakovat” klubi nomidan har bir iştirokçiga va sovrindorlarga qöşimça qimmatbaho sovrinlar ham beriladi.

Hozirça 2 ta turdan keyin quyidagi jamoalar kuçli uçlikda borişmoqda:

1) 36-maktab (Farğona t.)
2) 26-maktab (Qiziltepa t.)
3) 32-IDUM (Paxtaobod t.)
3-DIMI (Davlatobod t.)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek