Ayrim ekologik qonunbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi

Matn5-may, 2026, 14:401 daqiqa0 koʻrish

💰 Ayrim ekologik qonunbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi

Bu böyiça qonun qabul qilindi.

Unga köra, moliyaviy sanksiyalar miqdori tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga boğlandi. Jumladan:

➖ Daryo özanlarini tozalaş va qirğoqlarni mustahkamlaş işlari tartibini buzgan yuridik şaxslarga — atrof-muhitga yetkazilgan zararning 3 baravari miqdorida;

➖ Yuridik şaxslarga tegişli yoki ularga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qiliş va saqlaş çoralarini körmaganlik uçun — zararning 5 baravari miqdorida;

➖ Suvlarni ifloslantiriş, şuningdek, suv obyektlariga oqova suvlarni oqiziş talablarini buzganlik uçun — zararning 10 baravari miqdorida jarima solinadi.

🗓 Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

ℹ Maʼlumot uçun, 30-aprel kuni Prezident huzurida bu borada qilingan taqdimotda amaldagi tartibda jarimalar miqdori yetkazilgan ekologik zararga mutanosib emasligi sababli baʼzi korxonalar uçun huquqbuzarlikni bartaraf etişdan köra, jarima tölab, faoliyatni davom ettiriş qulayroq bölib qolayotgani tanqid qilingan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek