Tushuntirish

5 yil stajga ega xotin-qizlar nega tavsiyanomaga hujjat topşira olmayapti?

Matn4-may, 2026, 12:001 daqiqa0 koʻrish

❗️5 yil stajga ega xotin-qizlar nega tavsiyanomaga hujjat topşira olmayapti?
#abituriyent

Hukumat qaroriga köra, tavsiyanoma uçun hujjatlar qabuli 1-maydan boşlanişi kerak edi. Lekin qabul keçikmoqda.

Oila va xotin-qizlar qömitasi vaziyatga izoh berdi.

Unda aytilişiça, Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrdagi qarori (PQ-286-son) bilan OTMga kiriş uçun quyidagi toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanomalar beriş jarayoni Yagona portal (my.gov.uz) orqali amalga oşirilişi kerak:

➖ mutaxassisligi böyiça kamida 5 yil mehnat staji bor, ammo oliy maʼlumotga ega bölmagan xotin-qizlar (500 ta qöşimça tölov-kontrakt asosidagi kvota doirasida).

➖ ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (4 mingta qöşimça davlat granti asosidagi kvota doirasida).

Hozirgi vaqtda mazkur xizmatlarni tizimda yölga qöyiş böyiça işlar yakunlanayotgan emiş, yaqin kunlarda qabul boşlanarmiş. Kutamiz, boşlansa, xabarini beramiz.

P.S.: Harakatni sal vaqtliroq boşlab, vaqtida tugatsa bölmasmidi? Prezident qarori çiqqaniga 8 oy böldi, bu vaqt içida bemalol uşbu funksiyani Yagona portalga qöşsa bölardi. Lekin “nimaga vaqtida qabul boşlanmadi?” deb söraydigan odam yoki taşkilot bölmagani uçun bemalol va beparvo harakat qilişgan, şekilli. Qömitaning javobi esa aniq: “xöp, keçiksa nima böpti, osmon uzilib yerga tuşarmidi? Xotin-qizlarga tavsiyanoma kerak bölsa, kutadi!”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek