Kompaniya nomi yozilgan peşlavhalar reklama deb hisoblanmaydi — prezident
❗️Kompaniya nomi yozilgan peşlavhalar reklama deb hisoblanmaydi — prezident
Şavkat Mirziyoyev işlab Işbilarmonlik muhitiga salbiy taʼsir körsatayotgan hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining eʼtirozlariga sabab bölayotgan ayrim masalalar hamda ularning yeçimi böyiça takliflar bilan tanişdi.
Xususan, tadbirkorlik subyektlarining peşlavhalari va brend belgilarini joylaştiriş, umumiy ovqatlaniş va savdo obyektlari uçun ayrim maʼmuriy talablar, mehnat munosabatlaridagi tartib-taomillar, naqd pulsiz tölovlar, soliq imtiyozlarini qöllaş, moliyaviy jarimalar, taşqi iqtisodiy faoliyatdagi hujjatbozlik kabi masalalar muhokama qilindi.
Masalan, amaldagi tartibga köra, ayrim hollarda korxona nomi, faoliyat turi yoki savdo belgisi aks etgan peşlavhalar ham reklama sifatida baholanib, ular uçun alohida pasport rasmiylaştiriş va tölovlarni amalga oşiriş talab etilmoqda. Bu tadbirkorlar uçun qöşimça maʼmuriy yuk bölişi bilan birga savdo va xizmat körsatiş obyektlarining tanilişi, mijozlar oqimi va tuşumiga ham taʼsir körsatmoqda.
Şu munosabat bilan tadbirkorlik subyektining nomi va faoliyat turi töğrisida binoga joylaştirilgan axborotni reklama sifatida baholamaslik va buning uçun tegişli pasportlarni rasmiylaştirişni bekor qiliş taklif etildi.
Reklamalar va boşqa axborot belgilarini joylaştirişga doir dizayn talablarini tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda bosqiçma-bosqiç joriy etiş, yuridik şaxslarga tegişli transport vositalariga öz savdo belgisini joylaştiriş tartibini soddalaştiriş taşabbusi ilgari surildi.
Prezident takliflarni maʼqulladi.
👉 @xushnudbek 👈

