Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkentda 10-sinf öquvçisi BMW avtomobilida urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

Foto27-fevral, 2026, 18:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Toşkentda 10-sinf öquvçisi BMW avtomobilida urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

Voqea 25-fevral kuni soat 21:46 da sodir bölgan. 2010-yilda tuğilgan ösmir BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasisiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasida YPX inspektorini urib yuborgan.

Maʼlum bölişiça, maşinaning egasi 2024-yildan buyon transport vositasini 18 marta uni boşqariş huquqiga ega bölmagan şaxsga haydaş uçun bergan va 37 marta boşqa turdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Inspektor Xosilbek Eşnazarov esa bugun, 27-fevral kuni 3 kun avvalgi YTHda olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek