Toşkent şahrida tegişli ruxsatnomasiz 19 va 20 qavatli turar joylar qurilgani maʼlum böldi
❗Toşkent şahrida tegişli ruxsatnomasiz 19 va 20 qavatli turar joylar qurilgani maʼlum böldi
Poytaxt prokuraturasi 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarida “New Port” turar-joy majmuasida faoliyat yurituvçi mansabdor şaxslar tomonidan Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor köçasi, 19-uyda yaşovçi fuqarolarga kompensatsiya pullari töliq tölab berilmayotganligi va uşbu uy noqonuniy buzilayotganligi haqida tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Taʼkidlanişiça, idora tomonidan tergovga qadar tekşiruvda “Mega Logistics Servise” MÇJ mansabdorlari majburiy köçiriş böyiça ijro harakatlari yakunlanmasdan, mazkur manzildagi uyni özboşimçalik bilan buzib taşlagani aniqlangan.
Şuningdek, uşbu hududda qurilişga tegişli ruxsatnoma olmasdan turib, 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolarini özboşimçalik bilan qurilganligi maʼlum bölgan.
Holat yuzasidan “Mega Logistics Servise” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



