Muhim

Toşkentda bojxona inspektori 3 ming dollar bilan uşlandi

Matn5-avgust, 2026, 16:031 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Toşkentda bojxona inspektori 3 ming dollar bilan uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departament xabariga köra, Toşkent şahar Bojxona boşqarmasining “Keles” temiryöl çegara bojxona posti inspektori fuqarodan 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

U aylanma yöllar bilan Özbekistonga olib kirilgan 10 ta iPhoneʼni boşqa fuqarolarning pasport maʼlumotlaridan foydalanib, ularning nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylaştirib, IMEI kodlarini röyxatdan ötkazib berişni vaʼda qilgan.

Tezkor tadbir Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek