Tushuntirish

Til sertifikati yöq abituriyentlar bundan buyon 1-fani çet tili bölgan yönalişlarga topşira olmaydi

Foto18-yanvar, 2025, 18:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Til sertifikati yöq abituriyentlar bundan buyon 1-fani çet tili bölgan yönalişlarga topşira olmaydi

Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunçilikka köra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-öquv yili qabulidan boşlab fanlar majmuasida çet tili birinçi fan sifatida belgilangan taʼlim yönalişlariga qabul xorijiy tilni biliş darajasini belgilovçi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oşiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida çet tili birinçi fan sifatida belgilangan taʼlim yönalişlariga qabul qilişda uşbu fandan test sinovi ötkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etişlari lozim.

2025/2026-öquv yili uçun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yönalişlari röyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topşiriladigan fanlar majmuasiga köra çet tili birinçi fan sifatida belgilangan taʼlim yönalişlari röyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️Eʼtibor bering: 1-fan sifatida aniq körsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni şu fan böyiça, 1-fan “Çet tili” körsatilgan taʼlim yönalişlariga esa, bakalavriat taʼlim yönalişlari uçun tasdiqlangan xorijiy tillarni biliş darajasini belgilovçi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etiş talab etiladi.

❓Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bölsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak böladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yönalişga topşira olmaydi.

Lekin 1-fan “çet tili” deb körsatilgan bölsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qiziği yöq. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat ötaveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar röyxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek