Son kamaygani bilan, sifat oşyapti
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzJoriy yilda 677 907 nafar abituriyent röyxatdan ötdi. Bu körsatkiç 2018-yil darajasigaça kamaygan, abituriyentlarning 53,9 foizini qizlar taşkil etmoqda.Son kamaygani bilan, sifat oşyapti
Abituriyent kamayib, ball tuşarkan, deb öylamang. Nufuzli yönalişlarda ball har qaçongidan baland bölişi kutilmoqda.
Çunki joriy yilda barça fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqiçiga ötkazildi (uşbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" şakllantirilmagan).
Tasavvur qilyapsizmi, 13 ming kişi allaqaçon tegişli balini naqd qilib bölgan.
Eng qiziğini aytaymi, 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 2024-yilda esa atigi 1 nafar abituriyentda barça fandan sertifikatlar bor edi. Ösişni köryapsizmi?
2024-yil - 1 nafar;
2025-yil - 678 nafar;
2026-yil - 12 ming 997 nafar.
Bilimli yoşlarimiz köpayotganidan, bilim uçun harakat qilayotganidan juda xursandman.
P.S.: lekin bir narsa men uçun juda qiziq va hattoki biroz xavotirli — maksimal 189 ball olgan minglab abituriyent bitta oliygohning bitta yönalişini tanlasa nima böladi? Bunça talabani öqita olmasligi aniq-ku. Masʼullar bu borada boş qotirişmoqda, biron adolatli yeçim topiladi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 29 Telegram Stars


