Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Bakalavrga kirişda maksimal ball beriladigan çet tili sertifikatlari röyxati yangilandi

Foto15-sentabr, 2025, 18:112 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️ Bakalavrga kiriş test sinovlarida imtihonlarsiz maksimal ball beriladigan çet tili sertifikatlari röyxati yangilandi
#abituriyent

Hukumat qaroriga binoan, 2025/2026 öquv yilidan boşlab, bakalavriat taʼlim yönalişlarida test sinovlari tarkibida çet tili fani bor bölsa, quyidagi sertifikatlar uçun imtihonsiz maksimal ball beriladi:

🇬🇧 Ingliz tili

➖ Endi faqat Academic IELTS 5.5 qabul qilinadi (ilgari qaysi turi — Academic yoki General Training ekanligi aniqlaştirilmagan edi);
➖ TOEFL iBT 72 saqlanib qoladi;
➖ Cambridge English Qualifications tizimidagi imtihonlar aniqlaşitirildi:
* B2 First (FCE)
* C1 Advanced (CAE)
* C2 Proficiency (CPE)
❌ Linguaskill çiqarib taşlandi.

🇯🇵 Yapon tili

➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi;
❌ Japanese Language Proficiency Test — JLPT N2 çiqarib taşlandi.

🇩🇪 Nemis tili

➖ heç narsa özgarmadi, avvalgidek milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsçes Spraçdiplom (DSD) va TestDaF sertifikatidan B2 daraja talab etiladi.

🇫🇷 Fransuz tili

➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi;
❌ Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF) çiqarib taşlandi;
❌ Test de Connaissance du Française (TCF4) çiqarib taşlandi.

🔹 Boşqa tillar

➖ heç narsa özgarmadi, avvalgidek B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

⚡️ Asosiy xulosa:

* IELTS faqat Academic turda bölişi şart;
* Linguaskill, JLPT, DELF, TCF — endilikda hisobga olinmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek