Çet tili birinçi fan bölgan yönalişlarda kasbiy (ijodiy) imtihon bekor böldimi?
❓Çet tili birinçi fan bölgan yönalişlarda kasbiy (ijodiy) imtihon bekor böldimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Hozirça rasmiy emas, lekin katta ehtimol bilan, ha, bekor böldi.
Vazirlar Mahkamasining 19.01.2022-yildagi 34-sonli qarori bilan ayrim OTMlarga kirişda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkazilişi belgilangan edi (ötgan yilgi yönalişlar yuqoridagi suratda). 2022 va 2023-yillarda ayni şu tizim işladi.
Bunda uşbu yönalişlarga topşirgan abituriyentlar umumiy tartibda testga kirmas, balki kiriş imtihonlarida çet tili fanidan tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş hamda gapiriş kompetensiyalarini aniqlaş va baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon topşirar edi. Buning evaziga abituriyentlar boşqa yönalişlarga hujjat topşira olmas, faqat şu röyxat doirasidagina 5 tagaça yönaliş tanlay olar edi.
Joriy yilda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bekor bölişi hamda çet tili birinçi fan sifatida körsatilgan yönalişlarda ham umumiy, el qatori test sinovlari bölişi kutilmoqda.
Bu haqda Hukumat qarori loyihasi tayyorlangan. Katta ehtimol bilan bu kuçga kiradi va tez orada eʼlon qilinadi.
‼️ESLATMA: lekin bir katta özgarişni unutmang, 2025/2026 öquv yili qabulidan boşlab fanlar majmuasida çet tili birinçi fan sifatida belgilangan taʼlim yönalişlariga qabul xorijiy tilni biliş darajasini belgilovçi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oşiriladi.
❓Bu nima degani?
Yaʼni kelasi yildan boşlab, qaysi yönalişda çet tili birinçi fan (3,1 ball) bölsa, öşa yönalişga faqat sertifikati borlargina hujjat topşira oladi.
👉 @xushnudbek 👈

