Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

«Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonun bizga nima beradi?

Matn6-iyun, 2024, 22:592 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzQonun davlat organlari, muassasalari va davlat uluşi 50 foizdan yuqori korxonalarga tatbiq etiladi hamda 6 oy ötgaç kuçga kiradi.

"Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida"gi qonun bizga nima beradi?

Keça Prezident "Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida"gi qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Qonun katta emas, bir ötirişda bemalol öqib çiqasiz, qiziq bandlari bor. Mana bu yerda töliq matni bor.

Xöş, özi bu qanaqa qonun? Maqsadi, vazifasi nima, bizga nima beradi özi? Şu kabi savollarga javob berişga harakat qilaman.

Eng avvalo uşbu qonun "manfaatlar töqnaşuvi" degan tuşunçani rasmiylaştirgani bilan ahamiyatli. Avvallari faqat jurnalistlarning maqolasiyu, blogerlarning postlarida uçratardik, "axir bu manfaatlar töqnaşuvi emasmi?" degan tanqidlarda körardik xolos. Mazkur tuşunçaning qonunda aks etgani psixologik tomondan juda muhim edi.

Qonunning asosiy ğoyasi: jamiyat va davlat manfaatlari şaxsiy manfaatlardan ustun turadi.

Umuman olganda butun boşli qonunni şaxsiy manfaatdorlik yölidagi qarindoş-uruğçilikni çeklaşga qaratilgan, desak ham böladi.

Qonun garçi keng jabhali bölsada, lekin men unda asosan 2 ta yönalişni kördim:

1. iqtisodiy, yaʼni davlat xaridlari va umuman davlat taşkilotlaridagi moliyaviy munosabatlarda qarindoş-uruğçilikka yöl qöymaslik;
2. mehnat munosabatlari, yaʼni davlat taşkilotlarida qarindoş-uruğlarning bir-birining qöl ostida işlaşiga barham beriş.

Ikkala yönalişda ham qonunda çeklovlar va bu böyiça köriladigan çoralar belgilangan. 

Masalan, biror taşkilotda rahbarning yaqin qarindoşi uning bevosita böysunuvida işlasa, qonun kuçga kirgaç, bu haqda xabarnoma orqali oşkor qilişi va eng asosiysi öşa xodimni manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelmaydigan boşqa rahbarning böysunuviga ötkazişi şart. Jaydari tilda aytganda, qöl ostidagi qarindoşlarini işdan böşatişi kerak. Yöqsa bu qonun buzilişi böladi va javobgarlikka olib keladi.

Bunda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvçi lavozimga işga qabul qilingan hollar mustasno hisoblanadi. Bunday lavozimlar röyxati alohida tasdiqlanadi. Mazkur röyxatda qayd etilmagan barça lavozimlarga qonun talabi birdek amal qiladi, yaʼni fuqarolik lavozimlarida ham, harbiy lavozimlarda ham qarindoş-uruğlar bir-biriga bevosita böysunuvçi sifatida işlay olmaydi.
Qonunda yana bir qiziq band bor ekan. Manfaatlar töqnaşuvi qanday aniqlanadi, degan moddada bir qança manbalar sanalgan. Masalan, xabarnoma va deklaratsiyalar, fuqarolarning murojaatlari, davlatga qaraşli elektron platformalar (FHDË, yagona mehnat va h.k.), davlat xaridlaridagi şartnomalar va boşqalar.

Şu manbalar qatorida OAV yoki Internetga joylangan maʼlumotlar ham davlat xizmatçisiga nisbatan manfaatlar töqnaşuvi yuzasidan tekşiruv tayinlaşga asos bölişi belgilanibdi.

Taqiq bölgandan keyin, javobgarlik ham bölişi kerak. Qonun bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlarni, vaqtida xabar bermaganlarga maʼmuriy javobgarlik belgilaş böyiça bayonnoma tuzib, sudga oşiriş vakolati berildi.

Ha, aytgança, qonuning yana bir tomoni, endilikda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilganligi sababli davlat taşkilotiga moliyaviy-iqtisodiy zarar yetsa, uşbu zararni manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan insonning özi qoplaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek