Tarmoqlarda Anorbank mijozlarining valyuta mablağlari uşlab turilmoqda, degan xabarlar tarqalgandi
Tarmoqlarda Anorbank mijozlarining valyuta mablağlari asossiz ravişda ularning hisobiga ötkazilmasdan, uşlab turilmoqda, degan mazmundagi xabarlar tarqalgandi. Bank boşqaruv raisining birinçi örinbosari Elyor Najmiddinov UzReport telekanaliga bergan intervyusida mazkur masalaga batafsil tuşuntiriş beribdi:
Maʼlum bölişiça, mijoz kriptovalyuta savdosi amalga oşiriluvçi platformaning elektron tijorat terminali orqali operatsiya amalga oşiirgan. Mastercard'ning tartibga soluvçi hujjatida uşbu turdagi terminal orqali amalga oşiriladigan tölovlar hamda 6051 identifikator toifasida savdo qiluvçi taşkilotlar yuqori riskli hisoblanadi.
Şuningdek, uşbu toifadagi operatsiyalarda arbitraj oçiş imkoni mavjud emasligi sababli operatsiyalar böyiça xatarlar töliq karta emitenti zimmasiga tuşadi. Mastercard'ning qoidalariga muvofiq uşbu turdagi operatsiyalar kliringi uçun 7 kundan 30 kungaça muddat belgilangan.
Elyor Najmiddinov uşbu mablağlar Mastercard qoidalariga muvofiq tekşiruvdan ötkazilib, keyin mijoz hisobiga qaytarilganini tuşuntirib beribdi.



