Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Taʼlim özbek tilida bölmagan maktab bitiruvçilari endi davlat tili fanidan majburiy imtihon topşiradi

Hujjat24-aprel, 2025, 20:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yakuniy davlat attestatsiyasi buyrug'i.pdf

PDF · 1,4 MB

Yuklab olish

Zör qaror! Taʼlim özbek tilida bölmagan maktab bitiruvçilari endi davlat tili fanidan majburiy imtihon topşiradi

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning 9-aprel kungi buyruğiga köra, barça maktab bitiruvçilari uçun davlat tili (özbek tili) imtihoni majburiy böldi.

Bu yangilik taʼlimi özbek tili bölmagan (masalan, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirğiz tillaridagi) sinflarga ham taalluqlidir.

Boşqaça aytganda, özbek tilida öqiyotganlar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topşiradi, boşqa tilda öqiyotgan bitiruvçilar davlat tili fanidan imtihon topşiradi.

Attestatsiya fanlari va şakllari:

9-sinf bitiruvçilari:

➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun) fanidan — yozma;
➖ matematika fanidan — yozma;
➖ Özbekiston tarixi fanidan — yozma/oğzaki;
➖ jismoniy tarbiya fanidan — amaliy şaklda ötkaziladi.

11-sinf bitiruvçilari:

➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) fanidan — yozma;
➖ davlat tili (taʼlim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun)dan — yozma;
➖ matematika (asosiy) / matematika (çuqurlaştirilgan) fanidan — yozma;
➖ tarix fanidan — yozma.

Xorijiy tillar yoki umumtaʼlim fanlari böyiça milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bölgan öquvçilar, uşbu fandan imtihon topşirişdan ozod etiladi. Sertifikatlar röyxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Imtihon jarayonida kuzatuv kengaşi va fuqarolar özini özi boşqariş organlari vakillari kuzatuvçi sifatida qatnaşişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek