Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

1 nafar bitiruvçisi bor maktab haqida

Albom27-may, 2025, 17:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

1 nafar bitiruvçisi bor maktab haqida

Qaşqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylaşgan Aspiduxtar qişloğidagi 60-maktabning filialida jami 15 nafar öquvçi turli sinflarda tahsil oladi. Joriy yilda bir nafar öquvçi 11-sinfni bitirdi. Uning ismi — Muslima Toştemirova.

Muslimani öqitiş uçun har kuni 3-4 nafar öqituvçi, haftalik jadvalga muvofiq esa jami 14 nafar pedagog 7 kilometr toğli yöldan qatnab dars ötgan. Agar qalin qor yoğib qolsa, unda öqituvçilar 1 kun avval kelib, maktabda tunab qolişga majbur bölişgan. Çunki yöllar yopilib qoladi.

– Qişloğimizda şifokor yöq. Men yaxşi öqib, şifokor bölmoqçiman. Şu yerga qaytib, odamlarga yordam berişni orzu qilaman, – deydi Muslima.

Video: 🏬 ÖzA

👉 @xushnudbek 👈

  • 94 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek