Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Yangi oçilgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kiriş tartibi qanday?

Matn13-iyun, 2025, 16:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Yangi oçilgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kiriş tartibi qanday?

Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boşlaş va “Garvardçilar maktabi”ni oçiş böyiça katta farmon imzolangan edi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida taşkil etilgandi.

🗓 5-iyundan uşbu maktabga arizalar qabuli boşlandi.

❓Maktabga kimlar qabul qilinadi?

Bu yil 9-sinfga boradigan (8-sinfni tugatgan) 60 nafar öquvçi imtihon asosida qabul qilinadi.

❓Kiriş imtihonlari qanday tartibda ötkaziladi?

Imtihon ikki bosqiçda bölib ötadi:

1⃣-bosqiçda öquvçilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topşiriğini bajaradi.

2⃣-bosqiçda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uçun Toşkent şahrida imtihon ötkaziladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:

🔹 matematikadan 5 ta masala yeçiş;
🔹 ingliz tilidan 4 ta yozma iş (esse) yoziş.

Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar öquvçi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toşkent şahrida, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab binosida taşkil etiladi.

📥 Arizalar 25-iyungaça onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

📞 Murojaat uçun: @piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998781137789

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek