Fan olimpiadasi sovrindorlariga 4 yillik grant ajratiladimi?
❓Fan olimpiadasi sovrindorlariga 4 yillik grant ajratiladimi?
#abituriyent
Joriy yildan boşlab, talabalarga davlat granti faqat 1 yilga berilişi, kelgusi yillarda özlaştiriş körsatkiçiga qarab qayta taqsimlanişi belgilangan. Imtiyoz bilan kirganlarga esa davlat granti 4 yil muddatga beriladi.
Mana şu imtiyoz qismida ayrimlarda tuşunmovçilik bölmoqda. Yaʼni, aytaylik, respublika doirasidagi olimpiadada ğolib bölgan öquvçiga ham imtiyoz beriladi-ku, demak, unga ham grant 4 yillik beriladimi?
Yöq, 4 yillik grant faqat IMTIHONSIZ grantga öqişga kiriş huquqini beradigan 5 ta nufuzli xalqaro fan olimpiadasi (IMO, IPhO, IÇO, IBO, IOI) ğoliblariga beriladi.
Boşqa olimpiadalar ğoliblariga esa şunçaki bitta fandan maksimal ball beriladi xolos. Bunday öquvçilarga davlat grantiga imtihonsiz kiriş oldindan kafolatlanmagan. Şu sababli ularga 4 yillik grant berilmaydi. Bunday öquvçilar agar yetarli darajada yuqori ball töplab, grantga kirsa ham, 1 yillik grant olişadi va kelgusi yilda özlaştiriş körsatkiçiga qaraladi.
👉 @xushnudbek 👈
