Talabalarni yotoqxonaga joylaştiriş tartibi yangilandi
❗️Talabalarni yotoqxonaga joylaştiriş tartibi yangilandi
Hukumat qaroriga (376–son, 14.08.2023 y.) köra davlat OTM talabalar turar joyiga joylaşiş faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara şartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikasiyalaş (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qöyiladi.
🗓 2023/2024-öquv yilida:
— 1-kurs talabalari uçun davlat OTM talabalar turar joyiga joylaşiş davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Arizalar 20-avgustdan boşlab qabul qilinadi.
— 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylaştiriş anʼanaviy tarzda amalga oşiriladi.
Bunda yotoqxonaga joylaşiş uçun ariza OTM talabalar turar joylariga joylaştiriş komissiyasiga 25-avgustgaça topşiriladi.
2024/2025-öquv yilidan barça kurs talabalari uçun davlat OTM yotoqxonasiga joylaşiş onlayn amalga oşiriladi.
Bunda talabalar turar joyiga joylaşiş uçun ariza beriş har yili 1-avgustdan boşlanib, öquv yili yakunigaça davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈


