Bugun şaxmat böyiça jahon kubogining çorak final bahslari start oladi
Bugun şaxmat böyiça jahon kubogining çorak final bahslari start oladi.
Eng qiziği 8 nafar şaxmatçining 4 nafari hindistonlik. Yoş hind şaxmatçilari Jahon kubogini yondirişmoqda va kuçli raqiblarni yengib, birin-ketin sensatsiyalar qilişyapti. Jumladan, keça 🇮🇳Vidit Santoş (2719) 2 karra jahon toji uçun daʼvogar bölgan 🇷🇺Yan Nepomnyaşiy (2779) ustidan ğalaba qozongan bölsa, 1/16 finalda 🇮🇳Praggnanandha (2690) jahon reytingida 2-örinda borayotgan 🇺🇸Hikaru Nakamura (2787)ni mağlub etgan edi.
🇮🇳Gukeş (2744) esa 🇨🇳Vang Hao (2709)ni yengib, jonli reytingda dunyoda 7-öringa kötarilib oldi va bugun u 🇳🇴Magnus Karlsen (2835) bilan kuç sinaşadi.
Umuman olganda Jahon kubogida Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlat vakillari juda zör qatnaşişdi va körinib turibdiki, Özbekistonda ötadigan kelgusi Şaxmat olimpiadasida yigitlarimizga çempionlikni himoya qiliş oson bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


