Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Mandat çiqmasdan turib öqişga kirganini qanday biliş mumkinligini yana bir bor tuşuntiraman

Albom15-avgust, 2023, 11:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mandat çiqmasdan turib öqişga kirganini qanday biliş mumkinligini yana bir bor tuşuntiraman.
#abituriyent

1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini oçasiz;

2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan özingiz tanlagan OTM hamda yönalişni qidirib topasiz va “Qidiriş” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang);

3-qadam: Şunda umumiy röyxat oçiladi (2-rasmga qarang). Öşa röyxatda neçançi örinda turganingizni qidirib topasiz. Örinni aniqlaş uçun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylaşgan böladi, siz neçançi sahifadagi neçançi joydaligingizga qarab, örningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-örinda turgan bölsangiz, demak 43-örindasiz (4 ta töliq 10 va + 3);

4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, özingizning sahifangizni oçasiz (3-rasmga qarang). Öşa yerda qaysi yönalişlarga topşirganingiz va ularga neçta kvota berilgani körsatilgan böladi;

❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi örinda turgan bölsangiz, demak, aniq talaba böldingiz. Masalan, siz topşirgan yönalişda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-örinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa böladi. Nega unaqaligini mana bu yerda tuşutirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711;

6-qadam: xuddi şu işni topşirgan beşta yönalişingizda tekşirib çiqişingiz mumkin.

Agar kvota doirasidan taşqarida turgan bölsangiz-çi, unda hammasi tamom deganimi? Yöq, bunday emas. Kvotadan taşqaridagilar uçun ham yaxşi imkoniyat bor. Buni mana bu yerda batafsil tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek