Öqişga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa böladimi?
❓Öqişga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa böladimi?
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, 13-avgustda bölgan test natijalari ham eʼlon qilinibdi. Demak, bu degani — 1-avgustdan 13-avgustga qadar bölib ötgan barça test sinovlarining natijalari maʼlum böldi.
Xöş, bu nimani anglatadi? Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi röyxat boşqa özgarmaydi.
Qissadan hissa, hozir asosiy kvota böyiça öqişga kirganlar röyxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib ötirmasdan, talabalikni allaqaçon nişonlayversa böladi (beçora qöçqorlar😃).
Çunki hozir abituriyentlar beştagaça tanlagan yönalişlari böyiça barça röyxatda turişibdi (yaʼni 1 kişi 5 ta röyxatda turibdi), mandatda esa faqat 1 ta röyxatda qoladi va törttasidan öçiriladi. Bu degani hozirgi röyxatdan kimdir çiqib ketsa ketadiki, lekin boşqa yönalişdan baland ball olgan begonalar röyxatga kelib qöşilmaydi.
Bundan taşqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boşqa imtiyozga egalar qöşimça kvota böyiça umumiy röyxatdan çiqib ketadi.
Xullas, mandat çiqqanda hozirgi röyxatdagi örningizdan teparoqqa kötariliş ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tuşmasligingiz aniq.
Demak, hozir röyxat böyiça ajratilgan kvota içida turganlar albatta talaba böladi. Şuningdek, hozir kontraktni boşida turganlar byudjetga kötarilişi ham mumkin.
Kira olmaganlarçi? Ular umid qilsa böladimi?
Ha, böladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi. Ular yaxşisi sabr bilan, duo qilib kutişsin.
👏🏻Barça talaba bölganlarni tabriklayman!
Talabalikka yaqin turganlarga esa omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈
