Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgaça faqat fanlar majmuasi tanlanadigan böldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xöş, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinçidan: beştagaça yönaliş tanlaydi.
Bunda test topşirgan fanlar majmuasiga töğri keladigan ISTALGAN yönalişlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlaşi mumkin.
Köpçilik röyxatdan ötiş çoğida tanlagan yönalişini özgartirsa böladimi, deb söramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yönalişni tanlaydigan qilişgani uçun köpçilik çalğib qoldi. Lekin siz tanlagan yönaliş heç narsani anglatmaydi, şunçaki osonroq bölişi uçun misol sifatida qöyilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24239
Xullas, siz röyxatdan ötişda qaysi yönalişni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beştagaça yönalişni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinçidan, taʼlim şaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, keçki yoki masofaviy şaklni tanlaş mumkin. Yoki beşta yönaliş içida aralaştirib tanlasa ham böladi. Masalan, 1 va 2-yönalişga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga keçki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yönalişda sirtqi, keçki, masofaviy bor-yoki yöqligini kvotalar çiqqaç bilib olişingiz mumkin. Lekin hozirça kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uçinçidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yönalişga qaratiş mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beşta yönalişdan biriga kirişimning farqi yöq, asosiysi davlat grantiga kirişim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksinça "men birinçi tanlagan yönalişimga kirişim şart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yönalişga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib çiqadi. Neça ball olganini ertasi kuni bilib olişadi. Barça testlar tugagaç, yuqoridagi uçta masalani tanlaş uçun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun ötgaç, umumiy mandat şakllantiriş boşlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta içida çiqişi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat çiqişi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlaşni çözib yuborişmasa).
Oliygohlarning mandati çiqib bölgaç, öqişga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlaş uçun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈

