1-kurslar uçun talabalar turar joyi tarqatiş böyiça ayrim tuşuntirişlar
1-kurslar uçun talabalar turar joyi tarqatiş böyiça ayrim tuşuntirişlar:
1️⃣-rasm: 30-avgustgaça kelib tuşgan arizalar örtasida dastlabki taqsimot ötkaziladi. Dastlabki taqsimotga taxminan 50% örin ajratiladi. Yaʼni şu sanagaça neçta ariza kelib tuşgan bölsa, ular orasidan avval ehtiyojmand va birinçi navbatda berilişi kerak bölgan talabalarga, şundan söng boşqalarga beriladi. Keyingi taqsimot ehtiyojga qarab, sentyabr oyida ötkazilişi mumkin. Siz birinçi taqsimotga ilinişingiz uçun 30-avgustgaça onlayn ariza yuboring;
2️⃣-rasm: ayrim toifadagi abituriyentlar uçun OTM tanlaş imkoniyati oçilmayapti. Faqat “Tanlang” degani çiqyapti-yu, undan nariga ötmayapti. Bunday holat quyidagilarda kuzatilmoqda:
1) Imtiyozli asosda töğridan-töğri öqişga kirganlar (ularning masalasi tez orada hal böladi, biroz sabr qilişi kerak);
2) sirtqi, keçki va masofaviy taʼlim şakliga kirganlar. Ularga yotoqxonadan joy beriş hozirça közda tutilmagan. Eng avvalo kunduzgi taʼlimdagilarga beriladi, şuning uçun ularda OTM tanlaş va ariza yuboriş imkoniyati yöq;
3️⃣-rasm: agar siz Yagona portalda röyxatdan öta olmayotgan bölsangiz, yaʼni "bunday pasport maʼlumoti bilan avval röyxatdan ötilgan' deyilayotgan bölsa, unda Kiriş sahifasidan parolni tiklaşni bosing. Agar mabodo parolni tiklaş uçun avvalgi telefon raqamingiz hozir mavjud bölmasa yoki begona telefon raqamga biriktirilgan bölsa, unda siz istalgan özingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga şaxsan borişingiz kerak böladi. Şunda sizning maʼlumotlaringizga hozirgi işlab turgan telefon raqamni boğlaş mumkin böladi;
4️⃣-rasm: Yotoqxona oliş uçun bir marta ariza yuboriş yetadi. Qayta-qayta ariza yuborişdan foyda yöq, baribir takroran yuborgan arizalaringiz rad etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
