Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Taʼlim krediti haqida batafsil maʼlumot

Matn23-avgust, 2023, 17:023 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim taşkilotlarida tölov-kontrakt asosida öqiş uçun taʼlim kreditlari ajratişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi örtasida tuzilgan tölov-kontrakt şartnomasi miqdorida (çeklov yöq)

✔️Qaytariş muddati: öqiş muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil muddatga

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uçun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 8-sentyabr holatiga), 👩‍🎓qizlar uçun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka özgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka kötarilsa, unda kredit foizi özgarmaydi (yaʼni kötarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

✅ kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlim şakliga
✅ bakalavr (şu jumladan ikkinçi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan
✅ yoki öqişini köçirgan talabalarga beriladi.

❌ super-kontrakt uçun yoki masofaviy, maxsus sirtqi şakllar uçun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uçun: taʼlim krediti Özbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

✅ oliy;
✅ örta maxsus;
✅ professional taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qöşma dasturda öqiydigan talabalarga beriladi.

❌ Xorijda joylaşgan OTMlarda öqiş uçun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvçining doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boşqa uçinçi şaxslar taʼlim krediti şartnomasida birgalikda kredit oluvçi sifatida qatnaşişlari mumkin (yaʼni aynan qarindoş bölişi şartmas).

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat Özbekiston fuqarolari uçun beriladi. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga banklarning özlari tijoriy şartlarda kredit berişi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi örtasidagi şartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilişining taʼminoti böyiça hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti böyiça garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovçi maʼlumotnoma (agar bölsa);
d) bankning içki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boşqa hujjatlar, şu jumladan, birgalikda kredit oluvçiga tegişli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza körib çiqiliş vaqti: ariza 5 iş kunida körib çiqilişi va kredit şartnomasi imzolanişi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi körsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytariş: kredit oluvçi taʼlim kreditini şartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarişga haqli.

✔️Arizani qaçon va qanday beriş kerak: taʼlim krediti oliş uçun arizani bugunning özida bersangiz ham bölaveradi. Buning uçun albatta bankka borişingiz ham şart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham böladi. Bankka boriş maʼqul bölsa, unda bu variantni ham körişingiz mumkin.

***

Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti oliş böyiça maʼlumot:
https://t.me/xushnudbek/20892

Taʼlim krediti mavzusida ovozli çatni eşitiş (2021-yil 21-avgustdagi):
https://t.me/xushnudbek/10938

Öqişni köçirganlar qaçon taʼlim krediti olişi mumkin:
https://t.me/xushnudbek/10942

10 mln söm taʼlim krediti oliş uçun oyiga qança oylik iş haqi talab etiladi:
https://t.me/xushnudbek/10950

Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi?
https://t.me/xushnudbek/21153

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek