Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Huşyor öquvçilarimiz bizni töğrilaşdi

Matn23-avgust, 2023, 19:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIpoteka-bank, Xalq banki va boşqa banklar taʼlim krediti berişni boşladi. Hozirça faqat xususiy OTM talabalari ariza topşirişi mumkin.

Huşyor öquvçilarimiz bizni töğrilaşdi:

hozir davlat OTMlarining nafaqat 1-kursi, balki yuqori kurs talabalari ham taʼlim krediti uçun ariza bera olmaydi, çunki barça davlat OTMlarida şartnoma puli hali tasdiqlangani yöq. Yuqoridagi post tahrirlab qöyildi, rahmat.

Olingan maʼlumotlarga köra, şartnoma pulini belgilaş ustida hozir iş olib borilyapti, tez orada tasdiqlanib qoladi va eʼlon qilinadi.

Ammo qiziq tomoni moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar nima uçun haligaça şartnoma pulini eʼlon qilmayapti? Axir ğoya böyiça ular özlari bemalol tölov-kontrakt narxlarini tasdiqlay olişi kerak edi-ku.

Çunki bizda çala mustaqillik berilgan. Qoğozda hammasi mustaqil, lekin amalda mustaqil biror jiddiy qaror qabul qila olmaydi. Albatta “yuqori” bilan kelişişi, mingta byurokratdan ruxsat söraşi kerak.

Haqiqiy mustaqillik berilsa, unaqa bölib ketadi, bunaqa bölib ketadi, deb qörqitadiganlar ham “yuqorida” yetarliça topiladi. Bu xuddi yoş bolani “ola böji keldi, seni yeb qöyadi” deb qörqitişga öxşaydi.

Xullas, taʼlim tepasidagilar tizginni birovga berib qöyişni xohlamaydi. Natijani esa körib turibsizlar: yangi öquv yiliga 1 hafta qoldi, hali kontrakt pullari maʼlum emas. Bir neça yuz ming talaba va ularning ota-onalari qança pul tölaşini haligaça bilmaydi.

Buning nomini özbekona taʼlim tizimi deb qöyibdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek