Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Tadbirkorlarning reyting darajasidan kelib çiqqan holda imtiyozlarni taqdim etiş tartibi tasdiqlandi

Hujjat27-may, 2024, 10:311 daqiqa0 koʻrish

PQ-193.pdf

PDF · 2,3 MB

Yuklab olish

Tadbirkorlarning reyting darajasidan kelib çiqqan holda soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni taqdim etiş tartibi tasdiqlandi.

Bunda reytingi örta va yuqori bölgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟢 yuqori toifaga – 80-100 %
● “AAA” – 100 %
● “AA” – 90 %
● “A” – 80 %

🔵 örta toifaga – 50-70 %
● “BBB” – 70 %
● “BB” – 60 %
● “B” – 50 %

Şuningdek, imtiyozlar faoliyat boşlaganiga 6 oy bölmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Tadbirkorlarning reyting darajasi pasayganda, imtiyozlar beriş 3 oy davomida saqlab qolinadi. Yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boşlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

✅ 2025-yil 1-yanvardan subsidiya.mf.uz platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qöllab-quvvatlaş çoralarining turlari, muddatlari va tartibini öz içiga olgan alohida reyestr yuritiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek