Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

2028-yilgaça QQS va foyda soliği stavkalari oşirilmaydi

Albom30-dekabr, 2024, 14:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2028-yilgaça QQS va foyda soliği stavkalari  oşirilmaydi

"Tadbirkorlar uçun teng şaroitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra:

➖ qöşilgan qiymat soliği va foyda soliği stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar oşirilmaydi;

➖ 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va çarm-attorlik sanoati yönalişlarida işlab çiqariş faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barça şartlarga bir vaqtning özida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uçun foyda soliği va özlarining xodimlari uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

— jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan taşkil topganda;

— har oyda har bir xodimga iş xaqi miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bölmagan miqdorda hisoblanganda;

— soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki çarm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilişdan tuşgan umumiy tuşumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan daromadning kamida 90 foizini taşkil etganda.

➖ 2025-yil 1-apreldan boşlab daromadidan qatʼi nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi yoki tibbiy xizmat körsatuvçi yuridik şaxslar qöşilgan qiymat soliğini tölovçilar deb eʼtirof etildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek