Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Ilhom Aliyev: Oqtouda halokatga uçragan samolyot Rossiya hududidan öqqa tutilgani uçun şikastlangan

Foto29-dekabr, 2024, 20:562 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Ilhom Aliyev: Oqtouda halokatga uçragan samolyot Rossiya hududidan öqqa tutilgani uçun şikastlangan. Rossiya tomoni masalani yaşirişga yaqqol urindi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi xalqaro aeroportda mamlakat televideniyesiga intervyu berdi.

Unda Aliyev samolyot Grozniydan öqqa tutilgani, biroq Rossiya tomoni buni tan olmay, aksinça tafsilotlarni yaşirişga uringanini taʼkidladi.

"Biz uçun yana bir açinarli va hayratlanarli holat şuki, Rossiya rasmiy idoralari samolyot bortida gaz balloni portlaşi haqida turli taxminlarni örtaga taşladi. Bu Rossiya tomonining bu masalani yopib, yaşirmoqçi ekanini yaqqol körsatdi.

Şubhasiz, samolyotimiz tasodifan urib tuşirilgan. Bu yerda qasddan qilingan terror harakati haqida söz bölişi mumkin emas. Şu sababli, aybini tan oliş, döst davlat hisoblangan Ozarbayjondan öz vaqtida uzr söraş va bu haqda jamoatçilikni xabardor qiliş - bular qilinişi lozim bölgan çoralar edi. Afsuski, dastlabki uç kun davomida Rossiyadan ayrim bemaʼni nazariyalardan boşqa heç narsa eşitmadik", – deydi Aliyev.

Ilhom Aliyev samolyot Grozniyga qönişga bir neça bor uringanda nima uçun unga qönişga ruxsat berilmagani va nega aynan yaqin masofada joylaşgan Mineralniye Vodi yoki Maxaçqalʼa aeroportiga emas, Oqtouga yönaltirilgani ham örganib çiqilişini maʼlum qildi.

Şu bilan birga, u Rossiyadan quyidagilarni talab qildi:

1⃣ aybga rasman iqror böliş va uzr söraş;
2⃣ aybdorlarni jazolaş;
3⃣ Ozarbayjon davlati hamda jabrlanganlarning oilalariga tovon puli tölaş.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek