Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Euronews: samolyot halokatiga Rossiya raketasi sabab bölgan

Foto26-dekabr, 2024, 19:391 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Euronews: samolyot halokatiga Rossiya raketasi sabab bölgan

Ozarbayjon hukumatidagi manbalarning "Euronews" naşriga maʼlum qilişiça, çorşanba kuni yuz bergan samolyot halokatiga Rossiyaning yer-havo raketasi sabab bölgan. Manbalarga köra, raketa "Pantsir-S" havo hujumidan mudofaa tizimidan otilgan. Ayni öşa vaqtda Rossiya tomoni Grozniy osmoni ustida Ukrainaga tegişli dronlar hujumini qaytarayotgan edi.

Otilgan raketa samolyot yonida portlagan va qoldiqlari yölovçilar hamda ekipaj aʼzolariga ham tekkan.

Hukumat manbalari "Euronews"ga xabar berişiça, Rossiya tomoni şikastlangan samolyotning favqulodda qöniş haqidagi iltimoslarini rad qilgan va Rossiyaning birorta aeroportiga qönişga ruxsat bermagan. Uşbu iltimoslarga javoban, Kaspiy dengizi orqali Qozoğistonning Oqtou şahriga parvoz qiliş buyurilgan.

Maʼlumotlarga köra, dengiz ustida samolyotning GPS navigatsiya tizimlari tösiqqa uçragan va işlamagan.

Uşbu maʼlumotlar hozirça rasman tasdiqlangani yöq. Maxsus komissiya holatni örganmoqda, tergov işlari davom etyapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek