Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Nukus voqealari böyiça tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

Foto26-dekabr, 2024, 18:532 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nukus voqealari böyiça tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

2022-yil iyul oyida Nukusda röy bergan tartibsizliklar qatnaşçilarining 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uçun ogohlantirilgan, 6 ming 135 nafar şaxsga maʼmuriy jarima, 2 ming 639 nafar qatnaşçiga esa maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyat işi doirasida sudgaça qamoqqa olingan jami 168 nafar şaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga köra oilasiga qaytarilgan, 30 nafar sudlanuvçi komissiya iltimosiga köra sud zalidan ozod etilgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro (2 nafari huquqni muhofaza qiliş idorasi xodimi) vafot etgan, 413 kişi jarohatlangan, şundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari.

Komissiyaga köra, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni maʼmuriy binolardan uzoqlaştiriş, va tarqatib yuboriş maqsadida suv va rangli suyuqlik purkovçi texnika, közdan yoş oqizuvçi maxsus granatalardan foydalanilgan.

Fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda 6,8 milliard söm moddiy zarar yetgan.

Tartibsizliklarni bartaraf etişda inson huquqlarini buzgan 3 nafar içki işlar organlari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Komissiya quyidagi tavsiyalarni bildirdi:

➖kelgusida davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim qarorlarni qabul qiliş jarayonida umumxalq muhokamasi bosqiçida mazmun-mohiyatini, unda iştirok etiş mexanizmlarini fuqarolarga tölaqonli tuşuntiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

➖barça darajadagi davlat hokimiyati organlariga muhim siyosiy va boşqaruv qarorlarini işlab çiqiş va qabul qiliş jarayonida ehtimoliy haqiqatga töğri kelmaydigan, çalğituvçi va noxolis maʼlumotlar tarqalişi (dezinformatsiya) holatlariga öz vaqtida taʼsirçan munosabat bildiriş tizimini yölga qöyiş;

➖fuqarolarga öz ijtimoiy faolliklarini amalga oşiriş jarayonida özga şaxslarning huquqlarini poymol qilişga yöl qöymaslik va jamoat tartibiga rioya qilişning muhimligini izçil tuşuntirib boriş;

➖aholi köp töplanadigan va köngiloçar joylarda böluvçi fuqarolarning jamoat xavsizligiga tahdid soluvçi salbiy xatti-harakatlarini yuzaga kelişining oldini olişga qaratilgan doimiy profilaktik va tuşuntiriş kabi taʼsirçan çora-tadbirlarini amalga oşirib boriş;

➖ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan foydalaniladigan maxsus vositalarni qöllaş va tartibbuzarlarni tarqatiş böyiça meʼyoriy hujjatlarni muntazam yetakçi xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillaştirib boriş.

Komissiyaning axborotini körib çiqiş natijalari böyiça Oliy Majlis palatalari kengaşlarining tegişli qarori qabul qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek