Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Rahmon Qöçqor «Lolazor» podkastida öqigan misralar Şavkat Rahmonning «Xirgoyi» şeʼridan parça edi

Foto26-may, 2024, 17:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzLolazor podkastining yangi sonida adabiyotşunos olim Rahmon Qöçqor bilan Islom Karimov davri, adabiyot, televideniye va tarixiy voqealar haqida suhbatlaşildi.

“Lolazor” podkasti söngida mehmonimiz Rahmon Qöçqor tomonidan aytilgan 2 qator misra Şavkat Rahmonning “Xirgoyi” şeʼridan parça edi. Töliğini söraganlar uçun şu yerda qoldiraman:

XIRGOYI

Hammamiz quyoşda kuygan jizzamiz,
qaçon tiz çökuvdik, hamon izzamiz,
sirqirab oğriydi şişgan tizzamiz,
örindan ozgina tursak maylimu?

Ötganlar bari bek, qolgan javdirar,
gardinda körinmas ğullar şaldirar,
mehnatdan yorilgan qöllar qaltirar,
öz bekim yerida yursak maylimu?

Nasimlar gullamiş ozod toğlarda,
ozodlik mujdasi sölu soğlarda,
bobolar qiynalib tikkan boğlarda
ağanab bir xayol sursak maylimu?

Neça ming alloma, jömardlar ölgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari sölgan,
uruğlar aynigan tap-taqir çölda
öz bekim davlatin qursak maylimu?

Yuz ellik yildirki mana şu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan uşbu jaholat,
nega siz bölmaysiz sira xijolat?
Nega men sörayman sizdan ijozat?!

Şavkat Rahmon

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek