Sinfdoşlariga «naşida» yuborgan 21 yoşli talaba 3 yilga qamaldi
Sinfdoşlariga “naşida” yuborgan 21 yoşli talaba 3 yilga qamaldi
Tadbirkor Zafar Hoşimov bu haqda quyidagilarni yozmoqda va bu fikrlarga men ham qöşilganim uçun sizlar bilan ulaşmoqçiman:
“Keç işdan kelib, şu maqolani öqib, tamoğimdan ovqat ötmadi.
Grant asosida (!) “Narxoz”da öqib kelayotgan 21 yoşli talaba bir yil avval YouTubeʼdan (oçiq manba) olib, bilar-bilmas, sinfdoşlariga yöllagan bir naşida uçun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinibdi.
Bilar-bilmas, deganim, bu naşidani butun boşli bir diniy qömita örganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yoş yigit YouTubeʼda qöşiq eşitib, uning bu jihatlarini tuşunmagan bölişi mumkin-ku, axir.
Bu yigit umuman yomon niyati bölmagan bölişi ham mumkin…
Ayni yangi Konstitutsiyamizda gumonlar ayblanuvçi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?!
Yoşlik ayni xatolar, adaşişlar pallasi. Aftidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uçun uni şunçalik oğir jazolaş töğri bölsa, yoş umrini xazon qilib, yoruğ darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bölib, vataniga unumli xizmat qiliş örniga, u zax hibsxonalarda kunlar emas, yillar ötkazsa?!
Aminmanki, şu yigit bilan yaxşi tuşuntiriş ötkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlanitirilsa, bir umriga yetib ortardi, döstlariga hatto “Nu, pogadi!..” multfilmini ham boşqa yubormaydigan bölar edi…
Mening fikrimça, bu jazoning özi öta radikal.
Sud-adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va gumanizm asnolariga asoslanib, qayta körib çiqadi, degan umiddaman.
NB. Bu yigitga yoki uning oilasiga heç qanday aloqam yöq. Şu siyratini körib, maqolani öqib, ezildim.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

