Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Roppa-rosa 5 yil oldin, yaʼni 2018-yil 8-may kuni @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi

Foto8-may, 2023, 21:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Roppa-rosa 5 yil oldin, yaʼni 2018-yil 8-may kuni @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi. 5 yil içida kanalda 19 mingdan oşiq postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunaçilar soni 488 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.

Umuman olganda kanal menga köp narsa örgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boşimga soldi, quvonçli va baʼzan dilni xira qiluvçi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bölişga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekşiriş, şoşmaşoşarlik qilmaslikka, öz ustimda tinimsiz işlaşga örgatdi.

Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. Özbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandçilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uçun qayğuradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, töğri yölga boşlaydigan yarim millionga yaqin aziz va samimiy yaqinlarim paydo böldi. Bularning barçasi Allohning menga bergan marhamati, desam adaşmagan bölaman.

Boringizga şukr! Barçangizni ğoyibona hurmat qilaman.

P/S: @xushnudbekuz kiçik kanalim esa 1 yoşga töldi :)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Talabalar uçun xuşxabar!

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing