XuşnudbekUz kanali 6 yoşga töldi

Foto8-may, 2024, 19:131 daqiqa0 koʻrish

🥳XuşnudbekUz kanali 6 yoşga töldi

Roppa-rosa 6 yil oldin, yaʼni 2018-yil 8-may kuni @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi.

6 yil içida kanalda 24 mingga yaqin postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunaçilar soni 512 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.

Avval ham aytgan fikrlarimni takrorlamoqçiman. Kanalim menga köp narsa örgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boşimga soldi, quvonçli va baʼzan dilni xira qiluvçi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bölişga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekşiriş, şoşmaşoşarlik qilmaslikka, öz ustimda tinimsiz işlaşga örgatdi.

Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. Özbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandçilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uçun qayğuradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, töğri yölga boşlaydigan yarim milliondan oşiq aziz va samimiy yaqinlarim paydo böldi. Bularning barçasi Allohning menga bergan marhamati, desam adaşmagan bölaman.

Boringizga şukr! Barçangizni ğoyibona hurmat qilaman.

P/S: @xushnudbekuz kiçik kanalim esa 2 yoşga töldi :)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek