Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Xuşnudbek: Naşida yuborgan talabaga berilgan jazo va qonunçilikdagi mantiqsizliklar haqida

Matn9-may, 2023, 19:153 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzTadbirkor Zafar Hoşimov YouTubeʼdan olingan naşidani ulaşgani uçun 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan talaba işi böyiça öz fikrlarini bildirdi.

Özimdan qöşimça:

Bu kabi xabarlarga nima deyişga hayronman. Tasavvurimda, yurtimizda ekstrimizm va radikalizmni kuçaytirişdan manfaatdor bölgan va bunga bor kuçi bilan harakat qilayotgan, yaʼni tinçligimiz uçun real xavf solayotgan kuçlar umuman boşqalar-u, ammo biz uşlab jazolayotgan insonlar boşqalarga öxşaydi. Xuddi xorijdagi eriga aççiq qilib, farzandini kaltaklayotgan ayoldek.

Yöq, men u bola mutlaqo aybsiz, demoqçi emasman. Yoki jihodga çorlaş bemalol bölsin, demoqçi ham emasman.

Qadimgi Rimda şunday ibora bölgan, “Dura lex, sed lex”, yaʼni “Qonunlar şafqatsiz, lekin baribir u qonun”. Agar qonunda şunday mazmundagi qöşiqlarni tarqatiş jinoyat deb baholanadimi, kodeksda şu qilmiş uçun şunday jazo belgilanganmi, demak bir qaraşda barçasi qonun doirasida bölgan.

Ammo avval ham köp bora taʼkidlaganim kabi, qonuniy hukm bilan, ADOLATLI hukm umuman boşqa-boşqa tuşunça. Bu haqda batafsil bu yerda öqişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/1014

U bolaning maqsadi haqiqatdan hammani jihodga çorlaş bölganmi? Haqiqatdan döstlari orasida bir neça yildan buyon jihodga faol tarğib qilib kelganmi? Öşa terroristik taşkilotlar bilan doimiy aloqada bölganmi? Mana şular aniqlandimi? Yoki şunçaki 1 yil oldin umrida atigi bir martagina 10-15 kişilik guruhga “naşida” yuborgan xolosmi va şuning uçun 3 yilga “kesildimi”?

Afsuski mana şu kabi jihatlar hozirgi qonunçilikda umuman hisobga olinmagan. Qonunçilikda deganimning sababi bor. Yaʼni hozirgi holatda sudyani ayblamoqçi emasman. Aslida sudya qonunda körsatilgandan yengilroq jazo bergan. Çunki Jahongirga Jinoyat kodeksining 244-1-modda 3-qismi “g” bandi bilan ayb eʼlon qilingan. Telegram guruhga “naşida” yuborişni oğirlaştiruvçi holat, yaʼni internet orqali tarqatiş deb baholaşgan. Buning uçun kodeksda 5 yildan 8 yilgaça jazo belgilangan. Boşqa alternativ jazo yöq. Sudya esa yengillaştiruvçi holatlarni hisobga olib, kodeksda belgilangandan yengilroq jazo bergan — 3 yilga hukm qilgan.

Mana şu joyda qonunlarning mantiqsizligi ham körinadi. Qonunlar oqibatni hisobga olmaydi, faqat usulga qaraydi xolos. Masalan, siz 1000 kişi töplangan bozorda yoki 10 ming kişi töplangan stadionda ovoz kuçaytirgiç orqali hammani jihodga çorlasangiz yoki şu mazmundagi varaqani 100 ming kişiga tarqatib çiqsangiz, nazariy jihatdan jarima bilan qutilsangiz böladi. Ammo atigi 3 kişi aʼzo bölgan Telegram guruhda bu işni qilsangiz oğirlaştiruvçi holat sifatida 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişingiz mumkin. Buni şubhasiz adolatsiz tartib deyiş mumkin.

Aytilişi kerak bölgan yana bir jihat bor. Köpinça şu kabi holatlarda, bir gapni köp takrorlaşadi: “Sizlar bilmaysizlar-da, buni orqasida umuman boşqa gap bor, bekorga bunaqa jazo berilmadi, sizlarning köp narsadan xabaringiz yöq” deya eʼtiroz qilganlarning “oğziga urişga” harakat qilişadi.

Xöp, agar rostdan buning orqasida “boşqa gap” bölsa, agar tegişli organlar rostdan öşa “boşqa gap”ni topişgan bölsa, unda öşa “boşqa gap” sudda ham aytilsin, muhokama qilinsin, dalillar bilan isbotlansin. Sudda aytilmagan, muhokama qilinmagan, dalillar bilan isbotlanmagan “boşqa gap” yuridik jihatdan sariq çaqaga ham arzimaydi. Sud hukmidagi ayblov umuman boşqa, lekin aslida “boşqa gap” bor, degani kimdir noqonuniy hukm qilindi, sud majlisi şunçaki teatr böldi degani. Bu gaplarim ijtimoiy tarmoqlarda “balki biz bilmagan boşqa gap bordir” deb post yozadiganlarga taalluqli.

Hozirgi holatda faqat birgina narsa odamga umid beradi. Avvalroq, telefonidan diniy naşida topilgan yana bir 21 yoşli yigit — Sardor Rahmonqulov ham 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Keyinroq, jamoatçilik eʼtirozidan keyin (ammo sud qaroriga bu taʼsir qilmadi deyilgandi), apellyatsiya sudining ajrimiga muvofiq, Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli hukmga özgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilangan va u sud zalidan ozod qilingandi.

Balki Jahongir bilan ham şunaqa bölar, kim bilsin…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek