Naşid linkini yuborgani uçun 3 yilga qamalgan Jahongir Uluğmurodovning onasi videomurojaat yölladi
Atigi 10 nafar aʼzosi bor Telegram guruhga şahidlik haqidagi naşidning YouTubeʼdagi linkini yuborgani uçun 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoşli Jahongir Uluğmurodovning onasi videomurojaat yöllabdi.
Uşbu murojaat yuraklarni ezişi bilan bir qatorda, ayrim savollarni ham keltirib çiqarmoqda.
1) Içki işlar organlari xodimlari dastlab (2022-yil sentabr oyida) Jahongirni dala hovlida bölgan öğirlik masalasida tergovga çaqirgan (aytilişiça, öşa hududdagi Jahongir ismli barça yigitlar çaqirilgan). Keyin esa 2023-yil fevral oyida uni naşid yuborganlikda ayblab, qamoqqa olişgan va toki sud hukmigaça 2 oydan oşiq vaqt qamoqda ötirgan.
2) negadir davlat tomonidan tayinlangan advokat Jahongirning ota-onasidan tergov va sudda qatnaşiş uçun jami 6 mln söm pul olgan. Aslida davlat tomonidan tayinlangan advokatlar uçun byudjetdan pul tölanadi, ularga qöşimça tölov qiliş şart emas. Agar öşa advokat ham davlatdan, ham mahkumning ota-onasidan pul olgan bölsa, bu notöğri, buni Advokatlar palatasi albatta tekşirişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈

