Şerzod Şermatov: 15 mln fuqaro haqidagi maʼlumotlar sotilgani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi
❗️Şerzod Şermatov: 15 mln fuqaro haqidagi maʼlumotlar sotilgani töğrisidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovning maʼlum qilişiça, 27-30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar bölgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning maʼlumotlari tarqalgan.
Kiberhujumni bartaraf qiliş maqsadida axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirişlarga çek qöyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuçaytirilgan.
Şuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qöşimça xavfsizlik çoralari körilib, şaxsiy maʼlumotlarni egasining roziligi asosida boşqa tizimlarga taqdim etiş yoki çeklaş imkoniyati yaratilgan.
Taʼkidlanişiça, “şaxsiy maʼlumot sizib çiqişi” degani – bu fuqaroning şaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-şarifi, tuğilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi maʼlumotlardan biri qölga kiritilgan bölişi mumkin. Firibgar bu maʼlumotlarni qölga kiritgani bilan, fuqaroning şaxsiy iştirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oşirolmaydi. Şu sababdan ular turli usullar bilan qolgan maʼlumotlar töplamini qölga kiritiş uçun navbatdagi xurujni amalga oşiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


