Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Hakerlar 200 mingdan ortiq özbekistonlik internet foydalanuvçilarining login-parollarini sizdirdi

Matn20-oktabr, 2023, 19:241 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hakerlar 200 mingdan ortiq özbekistonlik internet foydalanuvçilarining login-parollarini sizdirdi

Sizdirilgan parollar OneID, BMBA (DTM), köplab davlat va taʼlim taşkilotlari, qidiruv va tölov tizimlariga aloqadorligi aytilmoqda.

Kiberxavfsizlik markazi bu axborot tizimlari xavfsizligiga tahdidlarni keltirib çiqarayotganini taʼkidladi va parollarni asraş böyiça foydalanuvçilarga maslahatlar berdi.

Bilimni baholaş agentligi sizdirilgan parollar röyxatidagi 3 ming 438 nafar foydalanuvçi Agentlikning axborot tizimlaridan röyxatdan ötmagani, 1 ming 250 nafar foydalanuvçi ham aktiv foydalanuvçi hisoblanmasligi va ularning parollari foydalaniş uçun yaroqsizligini maʼlum qildi.

Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi OneID tizimiga heç qanday kiberhujum bölmaganini aytdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek