Millionlab özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari tarqalib ketgan bölişi mumkin
❗️Millionlab özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari tarqalib ketgan bölişi mumkin
Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yöli bilan olingan maʼlumotlar darknetga çiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda aytilişiça, davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi bölgan OAuth serveri buzib kirilgan va 15 millionga yaqin foydalanuvçiga oid maʼlumotlar öğirlangan. Ayrim manbalarda raqam bundan kamroqligi aytilmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi hozirda mazkur holat yuzasidan örganişlar olib borilayotgani va bu böyiça qöşimça maʼlumot berilişini bildirdi.
“Şaxsiy maʼlumotlaringizni boşqa şaxslarga oşkor etmang. Davlat va boşqa elektron axborot tizimlariga kirişda murakkab login va parollardan foydalaning. Şuningdek, şubhali havolalar orqali öz maʼlumotlaringizni kiritişdan saqlanişingizni söraymiz”, – deya qöşimça qilinadi xabarda.
✅ Qöşimça maʼlumot: uşbu maʼlumotlar aholini va qişloq xöjaligini röyxatga oliş census.stat.uz saytidan olingani haqidagi miş-mişlar notöğri. OAuth autentifikatsiya serveri umuman boşqa tizim bölib, undan bir neçta davlat taşkilotlari öz tizimlarida foydalanuvçilarning şaxsini aniqlaşda foydalangan.
❓ Endi nima qiliş kerak?
1️⃣ Imkoni bölsa, davlat taşkilotlari tizimiga, ayniqsa OneID tizimiga kirişdagi parolingizni almaştiring.
2️⃣ Bundan keyin 15 mln özbekistonlikning maʼlumotlarini sotib olgan firibgarlarning kiberhujumi karrasiga oşib ketişi kutilmoqda. Eng yomoni endi firibgarlar siz haqingizdagi juda köp şaxsiy maʼlumotlarni biladi va uni özingizga ham aytişadi.
Şu sababli, mabodo sizga kimdir telefon qilib, bankdanman, tergovdanman, vazirlikdanman desa va nimadir qilişni talab qilsa (ayniqsa, SMS-kodni aytişni), işonmang. Sizning şaxsingiz haqidagi maʼlumotlarni töliq aytişsa ham işonmang. Voy, men haqimda şunça narsani bilarkan, demak, rostdan işonçli odam deb öylamang.
Xullas, özingizni ehtiyot tuting. Yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Telefon qönğiroqlari yoki Telegram yozişmalariga aldanib qolişmasin.
👉 @xushnudbek 👈
- 20 Telegram Stars



